Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston va Kanada oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Kanada oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Kanada oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Kanada elchixonasi hamda Kanadaning bir qator ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya tarkibida Kanada Elchixonasining savdo masalalari bo‘yicha ikkinchi kotibi Yurgita Rushkite, Niagara kollejining global rivojlanish bo‘yicha biznes rahbari va Douglas kollejining xalqaro rivojlanish bo‘yicha menejeri ishtirok etdi.

Uchrashuvda oliy ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar, qo‘shma ta’lim loyihalari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda akademik almashinuvni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan ikki diplomli dasturlar, akademik almashinuv va amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling