Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston va Kanada ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Kanada ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Kanada ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Kanada Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda sheriklikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Muhokamaning asosiy mavzulari investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalarini qamrab oldi. Yashil va qayta tiklanuvchi energetika, axborot texnologiyalari, transport-logistika infratuzilmasi, suv va qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati hamda metallurgiya sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar institutsional aloqalarni mustahkamlash, muvofiqlashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish hamda hamkorlikni yanada tizimli formatga o‘tkazishga kelishib oldilar. Muntazam muloqotning rivoji amaliy tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam zamin yaratishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling