Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yashil iqtisodiyotga oʻtish loyihalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yashil iqtisodiyotga oʻtish loyihalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Global yashil o‘sish instituti (GGGI) vakillari bilan O‘zbekistonning Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarini amalga oshirishini jadallashtirish va 6-modda doirasida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, KOICAning direktor o‘rinbosari Park Seongmin boshchiligidagi delegatsiya vakillari, Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Stella Seung Yeon Lee hamda Koreyaning xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Global yashil o‘sish instituti o‘rtasida imzolangan “Yashil iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 6,5 million dollar qiymatidagi kelishuv doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muhokama jarayonida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev tomonidan loyiha O‘zbekiston uchun Koreyaning har xil turdagi eng ilg‘or va energiya samarador texnologiyalarni tajriba-sinov sifatida joriy etish bo‘yicha muhim qadam hisoblanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Global yashil o‘sish instituti vakili Suyoung Park tomonidan loyihaning asosiy maqsadlari, yo‘nalishlari, komponentlari va kelgusida kutilayotgan natijalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi va kelgusidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab oldi.