Valyuta kurslari 11/12/2025
$1 – 12020.90
UZS – 0,15%
€1 – 13988.72
UZS – 0,01%
₽1 – 155.49
UZS – -0,76%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi tomonidan Koreya Respublikasida qator yirik tibbiyot sanoati kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

“Sungsim Eng” kompaniyasi bilan muzokaralar doirasida tibbiy muassasalar va uy sharoitidagi reabilitatsiya uchun mo‘ljallangan tibbiy krovatlar ishlab chiqarish yo‘nalishi faoliyati taqdim etildi.

Kompaniya mahsulotlari 90 foizga yaqin Koreyada lokallashgan bo‘lib, yillik ishlab chiqarish hajmi 5 000 donadan ortib ketadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda tibbiy krovatlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

2025 yil 10 dekabr kuni delegatsiya “Unimed Pharmaceutical Inc” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona ko‘z tomchilari, BADlar, platsenta mahsulotlari va inyeksion dori vositalari ishlab chiqaradi.

Kompaniya direktori janob Kim korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi hamda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida yangi avlod yuqori texnologiyali dori vositalari, shuningdek platsenta va asalari zaharidan tayyorlanadigan preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurilishini tez fursatlarda boshlashga tayyorligini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling