Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qishloq xoʻjaligi uchun akvakultura mahsulotlari va biopreparatlarni birgalikda sinovdan oʻtkazishga kelishib oldi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qishloq xoʻjaligi uchun akvakultura mahsulotlari va biopreparatlarni birgalikda sinovdan oʻtkazishga kelishib oldi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qishloq xoʻjaligi uchun akvakultura mahsulotlari va biopreparatlarni birgalikda sinovdan oʻtkazishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning SAVE Inc. kompaniyasi rahbari S.C. Jeon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan akvakultura mahsulotlari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazuvchi nematodalarga qarshi zamonaviy preparatlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar ushbu mahsulotlarning samaradorligi, ularni mahalliy sharoitga moslashtirish hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida mazkur mahsulotlarni respublika hududida amaliy sinovdan o‘tkazish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, SAVE Inc. kompaniyasi rahbari joriy yilning aprel oyi boshlarida O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirildi. Tashrif doirasida qo‘shma sinov maydonlarini tashkil etish, yangi texnologiyalarni joriy qilish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlab olish ko‘zda tutilmoqda.

Shu kuni Janubiy Koreyaning yana bir yirik kompaniyasi — “Jinsan T&C Corp.” vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida kompaniya ishlab chiqarayotgan organik o‘g‘itlarni O‘zbekiston sharoitida sinov tariqasida qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling