Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya pensiya taʼminoti boʻyicha hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya pensiya taʼminoti boʻyicha hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya pensiya taʼminoti boʻyicha hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Toshkent shahrida Pensiya jamg‘armasi rahbariyati va Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vazirligi hamda Milliy Pensiya Xizmati delegatsiyasi vakillari o‘rtasida pensiya taʼminoti sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori M.Atadjanov, Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vazirligi direktori o‘rinbosari Cho Yon He, Milliy Pensiya xizmati vakili Kvon Ki Djun hamda tomonlardan soha mutaxassislari o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning pensiya taʼminoti tizimi, asosiy vazifa va maqsadlari, sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar to‘g‘risida suhbatlashildi.

Bunda ikki davlat fuqarolarining pensiya taʼminotini olishda mavjud muammolar, ularni bartaraf etishga oid masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zaro muloqot yakunida tomonlar "O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida ijtimoiy taʼminot to‘g‘risida bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar va vakolatli agentliklar o‘rtasida muzokaralarning kelishuv bayonnomasi"ni imzoladi. Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasidagi pensiya sohasida hamkorlikni yana-da mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuv yakunida kelgusida ham o‘zaro muloqotni davom ettirish, pensiya taʼminoti bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda uni amaliyotga qo‘llashga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling