Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya metrologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya metrologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya metrologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)da Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda MAXtin Global Co. Ltd kompaniyasining bosh ilmiy tadqiqotchisi Sangwoon Lee, Smart Safety Laboratory kompaniyasi bosh direktori Chan Lim Park hamda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligining mutaxassisi F. Qudratov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar metrologiya sohasida, xususan, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarida o‘lchash vositalarining aniqligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan metrologik nazorat tizimini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Shu maqsadda, xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi loyihasi ishlab chiqildi.

Mehmonlar O‘zbekiston milliy metrologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, etalonlarni rivojlantirish bo‘yicha infratuzilmasi hamda mavjud texnik baza bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif chog‘ida institut faoliyati, milliy o‘lchov birliklarini xalqaro darajada tan olinishini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi metrologiya sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy xalqaro standartlarga asoslangan innovatsion yechimlarni tatbiq etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling