Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kosmetika sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kosmetika sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kosmetika sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 8 aprel kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Koreyaning “U&K GLOBAL NETWORK” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori tomonidan mamlakatimizda kosmetika sanoatining joriy holati, uning rivojlanish salohiyati, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

O‘z navbatida, Koreya tomoni O‘zbekistonni kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etish uchun istiqbolli maydon sifatida baholayotganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, ular mamlakatda investitsiya kiritish imkoniyatlari hamda mahalliy bozor konyunkturasini yana-da chuqur o‘rganishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar kosmetika sanoati sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida hamkorlikni yana-da kengaytirishga hamda ushbu yo‘nalishda faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling