Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kimyo sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kimyo sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya kimyo sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning Dejon va Yeosu shaharlarida KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) tomonidan tashkil etilgan “Kor-UZ”qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston kimyo sanoatining raqobatbardoshligini oshirish hamda Oʻzbekiston Kimyo Texnologiyalari Markazini (UzCCT) yanada rivojlantirishga qaratildi.

Seminarda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya olimlari tomonidan kimyo sohasida 6 ta ilmiy-texnikaviy maʼruza taqdim etildi. Ikki tomon ham zamonaviy ishlanmalar va texnologiyalar boʻyicha tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi. Shuningdek, ishtirokchilar KRICT ilmiy laboratoriyalariga tashrif buyurib, zamonaviy uskunalar bilan tanishdilar va ularni qoʻllash imkoniyatlarini oʻrgandilar.

Shuningdek, seminar doirasida KOICA grant dasturlari asosida Janubiy Koreyada tahsil olayotgan magistr va PhD talabalar bilan uchrashuv ham tashkil etildi. Muloqot davomida UzCCTning istiqboldagi faoliyati, yosh tadqiqotchilarning markazdagi oʻrni va ularning bilim hamda tajribalarini mamlakatimiz sanoatini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tadbir ikki mamlakat oʻrtasida kimyo sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot sohasida yangi imkoniyatlarni ochishda muhim qadam boʻldi.

Kelajakda hamkorlikning yanada rivojlanishi Oʻzbekiston kimyo sanoatining xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling