Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya IT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya IT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya IT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahridagi Inha universitetida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov,  Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Kim Kyo Xin, IUT rahbariyati, Janubiy Koreyaning INHA universiteti delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar AT sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalarini muhokama qildilar.

Vazir Sherzod Shermatov O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi jadal sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidlab, Koreya AT-kompaniyalarining mamlakatimizdagi faoliyati izchil kengayib borayotganini qayd etdi. Joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan koreyalik AT-kompaniyalar soni 8 tadan qariyb 30 taga yetishi kutilayotgani qayd etildi.

Muloqot chog‘ida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xususan, “DataVolt” kompaniyasining yirik ma’lumotlar markazini qurish loyihasi, O‘zbekistonning boy madaniy merosi asosida raqamli madaniyatni rivojlantirish tashabbuslari hamda o‘yin sanoatini qo‘shma loyihalar orqali kengaytirish istiqbollari alohida muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish va O‘zbekiston-Koreya strategik hamkorligini mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling