Oʻzbekiston va Janubiy Koreya investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi ishchi guruhning Seulga tashrifi doirasida 31-mart kuni Koreya savdo, sanoat va energetika vaziri o‘rinbosari Pak Chun Sun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
KOICA agentligi rahbariyati bilan o‘tkazilgan alohida uchrashuvda 2028-yilga qadar mo‘ljallangan yangi Hamkorlik to‘g‘risida memorandumni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.
Shuningdek, Herald Group kompaniyasi bilan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida qo‘shma O‘zbekiston-Koreya biznes-forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
KIND, BOMI va KICOX kabi yetakchi kompaniyalar bilan kechgan muloqotlar chog‘ida sog‘liqni saqlash, aviatsiya, infratuzilma va shaharsozlik yo‘nalishlaridagi loyihalar ko‘rib chiqildi.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston sanoat zonalarini boshqarishda Koreya tajribasini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.