Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 10 dekabr kuni Janubiy Koreyaning nufuzli Hanyang Universiteti va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
farmatsevtika sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar;
professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvi;
talabalar uchun ilmiy-amaliy dasturlar;
innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish;
kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv dasturlari.
Tomonlar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.