Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sanoatida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya farmatsevtika sanoatida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Koreya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari xavfsizligi vazirligi huzuridagi Koreya farmatsevtika treyderlari assotsiatsiyasi (KPTA) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum Koreya farmatsevtika va kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri sanoat zonasiga jalb etish, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro investitsiya loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Memorandum doirasida tomonlar «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasterining imkoniyatlari, imtiyozlari va farmatsevtika sanoatidagi innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.