Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Oʻzbekiston va Jahon banki barqaror rivojlanish va loyihalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Jahon banki barqaror rivojlanish va loyihalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Jahon banki barqaror rivojlanish va loyihalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5-dekabr kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy direktori Sameh Vahba hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benhassin, O‘zbekiston bo‘yicha dasturlar koordinatori Anastasiya Aleksandrova hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning joriy holati va erishilgan natijalar, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilash hamda loyihalar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Xususan, muhokamalar davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi:

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda zamonaviy va ilg‘or tajribalarni joriy etish;

Irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jumladan, suv resurslaridan samarali foydalanish, kanallarni modernizatsiya qilish orqali sug‘oriladigan yer maydonlariga barqaror suv yetkazib berish;

Hududlarda suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish;

Havo ifloslanishiga qarshi barqaror tizim shakllantirish, xususan, yashil infratuzilmani joriy etish.

Muzokalar yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirish hamda belgilangan maqsadlarga yetishda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling