Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va Italiya yashil iqtisodiyot va B2B platformasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Italiya yashil iqtisodiyot va B2B platformasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Italiya yashil iqtisodiyot va B2B platformasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligida Italiya delegatsiya vakillari bilan yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni va yashil texnologiyalar bo‘yicha B2B muloqot platformasini tashkil etish muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Markaziy Osiyo – Italiya” vazirlari yig‘ilishi koordinatori Federico Failla boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda vazirlikning Yashil iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida vazirlik vakillari O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan jadal islohotlar hamda erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, “Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti doirasida kelishilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyo va Italiya o‘rtasida yashil texnologiyalar bo‘yicha B2B muloqot platformasini tashkil etish atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Markaziy Osiyo – Italiya” platformasi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling