Oʻzbekiston va Italiya qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini takomillashtirish boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Italiya qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini takomillashtirish boʻyicha memorandum imzoladilar

Oʻzbekiston va Italiya qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini takomillashtirish boʻyicha memorandum imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Agrar sohada to‘lovlar agentligi mas’ullari Italiyaning qishloq xo‘jaligi to‘lovlari agentligi — AGEA vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, agrar sohada zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda institutsional rivojlanishni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim hujjat — memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv agrar sug‘urta va subsidiya tizimini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida agrar sug‘urta va subsidiya tizimi chuqur tahlil qilinadi, Yevropa, xususan Italiya tajribasi asosida zamonaviy institutsional model ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, to‘lov va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish hamda zamonaviy platformalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik tizimli va uzluksiz tarzda olib boriladi. Xalqaro ekspertlar bilan har oy ikki marotaba onlayn videokonferensiyalar o‘tkazilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling