Oʻzbekiston va Italiya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Oʻzbekiston va Italiya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gvido de Sanktis bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarining joriy holati hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalarni atroflicha muhokama qildilar.
Xususan, agrar sohada ilg‘or texnologiyalar joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish, shuningdek chorvachilik yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.