Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov boshchiligida Islom Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Bankning Operatsion masalalar bo‘yicha menejeri Ilker Ersegun Kayhan hamda O‘zbekistondagi vakili Husan Hasanov ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki ishtirokida "O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishni rivojlantirish" loyihasini tezkorlik bilan tasdiqlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi bazasini mustahkamlash va mamlakatda STI va Reverse Linkage dasturlarini amalga oshirish boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash masalalarini muhokama qilishdi.
Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Mazkur tashabbuslar qishloq xo‘jaligi sohasining texnik va institutsional salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.