Valyuta kurslari 16/03/2026
$1 – 12081.63
UZS – -0,17%
€1 – 13837.09
UZS – -1,1%
₽1 – 150.44
UZS – -1,72%
Qidirish
Oʻzbekiston va Iordaniya savdoni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Iordaniya savdoni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Iordaniya savdoni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi ISSV rahbari Laziz Kudratov hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi sanoat, savdo va ta’minot vaziri Yarub Quda o‘rtasida VKA tarzida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati hamda uni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, farmatsevtika tarmog‘i, raqamli tibbiyot sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 79,2 foizga oshdi. O‘zbekistonda Iordaniya kapitali ishtirokidagi 18 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari hamda O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralar jarayoni ko‘rib chiqildi. Mazkur hujjatning imzolanishi o‘zaro mahsulot yetkazib berishni kengaytirish, ishbilarmonlik faolligini oshirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga hamda ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling