Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
Oʻzbekiston va HPE Networking hamkorlik memorandumini imzoladilar

Oʻzbekiston va HPE Networking hamkorlik memorandumini imzoladilar

Oʻzbekiston va HPE Networking hamkorlik memorandumini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda “O‘zbektelekom” AK vakillari HPE Networking kompaniyasining Sharqiy Yevropa va MDH bo‘yicha katta savdo direktori Ivan Iagashagashvili bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar sun’iy intellekt, Big Data texnologiyalari, raqamli transformatsiya va zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek barqaror va intellektual tarmoqlarni yaratish bo‘yicha tajriba almashdilar.

Muzokaralar yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ma’lumot uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish, servis yadrolarini joriy etish va UZTELECOM infratuzilmasi negizida innovatsion pilot loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.

HPE Networking bilan hamkorlikning ushbu yangi bosqichi tarmoq samaradorligini va intellektuallashtirish darajasini oshirish, shuningdek milliy raqamli ekotizimni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling