Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Oʻzbekiston va Germaniya toʻqimachilik va moda sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Germaniya toʻqimachilik va moda sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Germaniya toʻqimachilik va moda sanoati sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamda Germaniyaning Gesamtmasche tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2023-2025 yillarda hamkorlikda amalga oshirilgan GUZ Partners loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va loyihaning keyingi bosqichida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

GUZ Partners loyihasi doirasida 2023-2025 yillarda 25 ta o‘quv seminarlari, 8 ta ixtisoslashtirilgan tadbirlar o‘tkazilib, 2 000 dan ziyod soha vakillari malakasi oshirildi.

Germaniya kompaniyalarining yurtimizga hamda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalarining Germaniyaga biznes-missiyalari tashkil etildi. Uchrashuv davomida Germaniyalik hamkorlarga izchil va sermahsul hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.

Mazkur loyiha Yurtimiz to‘qimachilik sanoatida malakali kadrlar tayyorlash, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati imidji hamda eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling