Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston va Germaniya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Germaniya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori Mixael Harms bilan uchrashdi.

Muzokaralarning muhim mavzularidan biri ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda ilgari erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘ldi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va mavjud loyihalar samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi choralarni batafsil muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekistonga yangi nemis kompaniyalarini jalb etish istiqbollari va savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro hamkorlik salohiyati yuqoriligini, undan izchil va tizimli ravishda foydalanish zarurligini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida tomonlar qo‘shimcha tashabbuslarni jadal ishlab chiqishga tayyorligini bildirdilar hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi sheriklikni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling