Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Oʻzbekiston va Germaniya huquqiy hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar

Oʻzbekiston va Germaniya huquqiy hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar

Oʻzbekiston va Germaniya huquqiy hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vaziri Akbar Tashkulov hamda Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining adliya va iste’molchilar huquqlarini huquqiy himoya qilish qo‘mitasi raisi Carsten Muller boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Adliya vaziri A.Tashkulov delegatsiya vakillariga Adliya vazirligining vazifa va funksiyalari hamda soʻngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida, xususan, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” haqida soʻzlab berdi.

Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi, Yevropa Ittifoqining “TWINNING” loyihasi doirasida milliy qonunchilik bazasini tizimlashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidlab o‘tildi.

Carsten Muller, oʻz navbatida adliya va huquq sohasida Oʻzbekistonda soʻngi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi. Shu oʻrinda, aholiga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimiga qiziqish bildirdi.

Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiyaxborot portali ishga tushirilganligi, mazkur portal orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat olishlari uchun imkoniyat yaratilgan.

Uchrashuv davomida, Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya imzolanganligi hamda mazkur hujjat doirasida inson huquqlari, normaijodkorligi, raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza, yuvenal yustitsiya, intellektual mulk himoyasi, arbitraj, oilaviy va fuqarolik ishlarida huquqiy yordam to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish imkoni yaratilganligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling