Valyuta kurslari 24/12/2025
$1 – 12052.33
UZS – 0,35%
€1 – 14213.31
UZS – 0,89%
₽1 – 153.71
UZS – 1,63%
Qidirish
Oʻzbekiston va Fujifilm System Services IT va raqamli taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Fujifilm System Services IT va raqamli taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Fujifilm System Services IT va raqamli taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “FUJIFILM System Services” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Amane Inoue bilan uchrashuv o‘tkazib, axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda “FUJIFILM System Services” kompaniyasining O‘zbekistonda mahalliy ofisini ochish imkoniyati, mahalliy IT-mutaxassislarni jalb etish hamda ularning kasbiy salohiyatidan samarali foydalanish kabi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, AT sohasida ta’lim olayotgan talabalar va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Yapon tilini biladigan AT-mutaxassislarni O‘zbekistonda faoliyat yuritishga jalb etish va ularning mahalliy sharoitlarda samarali ishlashi uchun zarur qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalari kompaniyaning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatli kengayishi uchun muhim omil sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekistonda eksportga yo‘naltirilgan ofis tashkil etish masalasini ham batafsil muhokama qildilar. “FUJIFILM System Services” kompaniyasiga infratuzilma bilan ta’minlash, inson resurslari zaxirasiga kirish, normativ-huquqiy jihatdan ko‘maklashish hamda ma’muriy muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlarda kompleks yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun: “FUJIFILM System Services Corp.” — “FUJIFILM Business Innovation Corp.” tarkibidagi yirik AT-kompaniya bo‘lib, davlat muassasalari, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari uchun raqamli transformatsiya yechimlari, IT-infratuzilma hamda dasturiy xizmatlar taqdim etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling