Oʻzbekiston va Fransiya ikki tomonlama loyihalarni faollashtirishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Fransiya ikki tomonlama loyihalarni faollashtirishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ualid Fuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi masalalar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejalari muhokama qilindi.
Fransiya elchisi Samarqand shahrida o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi muvaffaqiyatli va yuqori saviyada tashkil etilganini ta'kidlab o‘zbek tomoni ko‘rsatgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan savdo, investitsiya, transport va ta’lim kabi yo‘nalishlarda, shuningdek hududlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirish muhimligini ta’kidladilar.