Oʻzbekiston va Fransiya fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Fransiya fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Fransiya fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilhom Sirojev hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, xususan, Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini samarali tashkil etish va uning salohiyatidan toʻliq foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kasbiy taʼlim tizimida qoʻshma loyihalarni joriy etish va amaliyotga yoʻnaltirilgan kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratdi. 

Shuningdek, ilmiy yoʻnalishlar va tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot yakunida taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling