Oʻzbekiston va Finlyandiyaning EPSE kompaniyalari konchilik loyihalarini jadallashtirishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Finlyandiyaning EPSE kompaniyalari konchilik loyihalarini jadallashtirishni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov Finlyandiyaning EPSE kompaniyasi direktori Uilson Bleyin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbek tomoni hamkorlarning vazirlik loyihalariga bildirayotgan qiziqishini e’tirof etib, o‘zaro aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
EPSE vakillari ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirib, bu omil qo‘shma tashabbuslarni jadallashtirishga zamin yaratishini qayd etdi.
Muloqot davomida “Green Zone” yo‘nalishidagi ishlanmalar hamda ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.
Delegatsiya OKMK, NKMK, O’zTMK va Mineral resurslar instituti Olmaliq filiali faoliyati bilan tanishuv natijalari, texnogen chiqindilar bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘riklar hamda texnik-iqtisodiy asoslashga tayyorlanayotgan ma’lumotlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, EPSE tomonidan amalga oshirilgan pilot loyiha bo‘yicha hisobot vazirlik mutaxassislariga topshirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud loyihalar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini tasdiqladi.
Shu maqsadda kelgusida aniq natijalarni ta’minlash uchun ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.