Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Falastin ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Falastin Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vaill Ahmed Battrexi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda qator xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.