Valyuta kurslari 17/12/2025
$1 – 12105.56
UZS – -0,2%
€1 – 14232.51
UZS – -0,09%
₽1 – 152.56
UZS – -0,31%
Qidirish
Oʻzbekiston va Estoniya payvandlash assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar

Oʻzbekiston va Estoniya payvandlash assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar

Oʻzbekiston va Estoniya payvandlash assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida vazir o‘rinbosari Alisher Muratov hamda Estoniya Payvandchilar uyushmasi raisi Sergei Boaga bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish imkonini berdi.

Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi:

ISO 9606 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish jarayonida metodik yordam ko‘rsatish, sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirish, amaliy mashg‘ulotlarni va baholash vositalarini xalqaro talablarga mos tashkil etish.

Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling