Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Eron turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BMT Butunjahon turizm tashkiloti 26-Bosh Assambleyasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ar-Riyod shahrida Eronning Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Said Rizo Amiriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlash va xalqaro turizm bozorida Buyuk Ipak yo‘li merosini keng targ‘ib qilish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida turizm sohasida strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.