Valyuta kurslari 13/03/2026
$1 – 12102.39
UZS – -0,27%
€1 – 13990.36
UZS – -0,55%
₽1 – 153.08
UZS – -0,21%
Qidirish
Oʻzbekiston va Envision Nurobod texnoparki loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Envision Nurobod texnoparki loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Envision Nurobod texnoparki loyihasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning “Envision Energy Group” kompaniyasining Markaziy Osiyoda mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha rahbari Zhang Xuan bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyihaning amalga oshirilish jarayoni, investitsiya faoliyatini faollashtirish choralari hamda investitsiya majburiyatlarini bajarish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda boshqaruv kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda maxsus sanoat zonasi hududiga xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani ilgari surish, amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda uzoq muddatli strategik sheriklikni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling