Oʻzbekiston va CNPC neft va gaz sanoatidagi yangi loyihalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 31-oktyabr kuni Energetika vazirligida Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) raisi Day Xoulyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “CNPC” korporatsiyasi raisi Day Xoulyan hamda neft-gaz sohasi korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda, jumladan, yoqilg‘i-energetika sohasida ham izchil rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilayotganini ta’kidladilar.
Joriy yilning 2-sentyabr kuni shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “CNPC” raisi Day Xoulyan bilan uchrashuvi natijalari ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etgani qayd etildi.
Uchrashuv doirasida “Markaziy Osiyo – Xitoy” gaz quvuri qurilishi, Buxoro viloyatidagi gaz kondensat konlarini o‘zlashtirish loyihalari, gazni yer ostida saqlash inshootini qurish, yangi konlarni o‘zlashtirish va neft-gaz sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.