Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati, shuningdek turli sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning o‘sib borayotgan dinamikasini, shuningdek, turli darajalarda amalga oshirilgan tashriflar va aloqalarni ijobiy baholadi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

2026-yilda hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, jumladan, delegatsiyalarni o‘zaro tashriflari, vazirliklararo siyosiy maslahatlar va boshqa tadbirlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling