Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va BP Ustyurt loyihasini rivojlantirish va energetika sohasiga investitsiyalarni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-fevral kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ariel Flores va BP direktorlar kengashi aʼzolari bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash choralari va yirik qoʻshma loyihalar istiqbollarini muhokama qilishdi.
Ustyurt loyihasini ilgari surish, neft va gaz sohasida qoʻshimcha imkoniyatlarni oʻrganish, qayta tiklanadigan energiya va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.