Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Oʻzbekiston va Bio Medi Pharm farmatsevtika klasterini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Bio Medi Pharm farmatsevtika klasterini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Bio Medi Pharm farmatsevtika klasterini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 5 dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Birlashgan Arab Amirliklarining “Bio Medi Pharm” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniya vakillari “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi va o‘z loyihalaridagi joriy holat bo‘yicha maʼlumot almashdilar.

Ular hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirib, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida yaratilgan eko-tizim kompaniya faoliyatini samarali optimallashtirayotganini taʼkidladilar.

Kompaniya direktori agentlik tomonidan har bir bosqichda ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashdan mamnun ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida, agentlik direktori kompaniyaga ko‘mak ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi va o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish niyatida ekanini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling