Oʻzbekiston va Belgiya migratsiya sohasidagi hamkorlik boʻyicha birinchi ikki tomonlama bitimni imzoladilar
Oʻzbekiston va Belgiya migratsiya sohasidagi hamkorlik boʻyicha birinchi ikki tomonlama bitimni imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi hamda Belgiya Qirolligi Ichki ishlar federal xizmatining Immigratsiya idorasi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi kelishuv hujjati imzolandi.
Belgiyaning markaziy migratsiya organi hisoblanadigan Immigratsiya idorasi — mamlakatga kirish, yashash, ruxsatnomalar berish va xalqaro himoya masalalari bo‘yicha qaror qabul qiluvchi asosiy tuzilmadir.
Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
Belgiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun qonuniy mehnat imkoniyatlarini kengaytirish;
Milliy migratsiya boshqaruv tizimiga Yevropa standartlarini joriy etish;
Belgiya tajribasi asosida o‘quv dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirish;
Migratsiya jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida ikki idora o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish.