Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va Belarus madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Belarus madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Belarus madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Belarus Respublikasi madaniyat vaziri Ruslan Chernetskiy boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati tahlil qilinib, uni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, 4-6-noyabr kunlari Toshkent va Olmaliq shaharlarida tashkil etilayotgan tadbirlar, 4-noyabr kuni oʻtkazilgan konsert yuqori baholandi.

Uchrashuvda madaniy ta'lim, teatr, kino, nomoddiy madaniy meros yoʻnalishlarida aloqalarni kuchaytirishga, 2026-yilda Belarus Respublikasida "Oʻzbekiston madaniyati kunlari"ni tashkil etishga, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning madaniyat boʻyicha quyi qoʻmitasini tashkil etishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida ikki davlat filarmoniyalari, teatrlari oʻrtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi oʻtkazildi.

Xususan, O'zbekiston Davlat filarmoniyasi va G.I.Tsitovich nomidagi Belarus Respublikasi Milliy akademik xalq xori o'rtasida hamkorlik to'g'risida, Belarus Bolshoy teatri va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat akademik Bolshoy teatri o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik to'g'risida, O'zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri va Belarus davlat filarmoniyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandumlar imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling