Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston va Belarus sanoat hamkorligi va kabel ishlab chiqarishni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus sanoat hamkorligi va kabel ishlab chiqarishni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Belarus sanoat hamkorligi va kabel ishlab chiqarishni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-fevral kuni O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ul rahbarlari va "Eltech Industrial" texnoparkida amalga oshirilayotgan loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida elektrotexnika yo‘nalishida, xususan kabel mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shuningdek, 2030-yilgacha mo‘ljallangan sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish istiqbollari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hujjat doirasida kabel sanoatida kooperatsiyani chuqurlashtirish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va eksport salohiyatini oshirish nazarda tutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling