Oʻzbekiston va Axiom Space kosmosdagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Axiom Space kosmosdagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
AQShda amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Axiom Space” kompaniyasining Xalqaro hukumat ishlari bo‘yicha katta direktori Garvey McIntosh hamda Biznesni rivojlantirish va strategik sheriklik bo‘yicha direktori Noor Ward bilan uchrashib, kosmik sohada hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda kosmik texnologiyalar va ilmiy-tadqiqot sohasini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kosmik missiyalarda ishtirok etish, orbital texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Shu bilan birga, “Axiom Space” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligini hamda 2026-yil 30-mart – 1-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Space Technology Conference STC 2026” konferensiyasiga platina homiy sifatida ishtirok etishi rejalashtirganligi bo‘yicha ma’lumot berildi.