Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Avstriya madaniy hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vena shahrida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Avstriya Federal Prezidentining Yevropa va xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Lyusiya Kronshtayner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan, madaniy diplomatiya va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro muloqotlarni kengaytirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Prezidentining sohaga qaratayotgan e’tibori xalqaro hamkorlikni kengaytirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.