Oʻzbekiston va Aviagen parrandachilik klasterini yaratishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Aviagen parrandachilik klasterini yaratishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Aviagen parrandachilik klasterini yaratishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev “Aviagen EU” kompaniyasi direktori Tyark Osterndorff bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida mazkur xorijiy kompaniya tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi yuzasidan atroflicha muzokaralar olib borildi.

Xususan, loyihani hayotga tatbiq etish jarayoni, uning bugungi holati va galdagi bosqichlari hamda ishlar sur’atini jadallashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar loyihaning qisqa muddatlarda samarali yakunlanishini ta’minlash maqsadida doimiy aloqada bo‘lish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

“Aviagen” - parrandachilik genetikasi sohasida dunyoning yetakchi brendlaridan biri bo‘lgan xalqaro kompaniya hisoblanadi. U go‘sht yo‘nalishidagi parrandachilik (broyler va kurkalar) uchun yuqori mahsuldor naslli materiallarni seleksiya qilish, ishlab chiqish va yetkazib berishga ixtisoslashgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling