Oʻzbekiston va Ariana Medical Complex farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida
Oʻzbekiston va Ariana Medical Complex farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 10 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Afg‘onistonning "Ariana Medical Complex" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, O‘zbekistonning farmatsevtika salohiyati va bozori haqida maʼlumot oldilar.
Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonni qo‘shni davlatlar orasida ko‘p sohalar bo‘yicha eng yaqin hamkor sifatida baholab, farmatsevtika yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini taʼkidladi.
Ariana Medical Complex - Qobul shahrida faoliyat yurituvchi tibbiyot majmuasi bo‘lib, 200 o‘rinli statsionar va turli ixtisosliklar bo‘yicha ambulator xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek diagnostikadan davolashgacha bo‘lgan keng qamrovli klinik xizmatlarni taqdim etadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.