Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Oʻzbekiston va AQSh savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va AQSh savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va AQSh savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashildi. Oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, xususan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ham atroflicha fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling