Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Oʻzbekiston va Andorra ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Andorra ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Andorra ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyevning Andorra Knyazligi tashqi ishlar vaziri Imma Tor Faus bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Andorra o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, ekologiya va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi Samarqand shahrida yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlab, uning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniy muloqot, fan va ta’lim sohalarida olib borilayotgan oqilona siyosati samarasi ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchli va do‘stona munosabatlarni yanada kengaytirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling