Valyuta kurslari 12/03/2026
$1 – 12135.76
UZS – -0,18%
€1 – 14067.77
UZS – -0,7%
₽1 – 153.40
UZS – -0,38%
Qidirish
Oʻzbekiston va Anadolu Group SamAuto’ni rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Anadolu Group SamAuto’ni rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Anadolu Group SamAuto’ni rivojlantirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Anadolu Group kompaniyasining avtomobil yo‘nalishi raisi Bora Koçak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiyaning Anadolu Group xoldingiga qarashli avtomobil yo‘nalishi Kocaeli shahridagi zavodda yiliga qariyb 4 ming dona avtobus, midibus va yengil yuk avtomobillarini ishlab chiqaradi.

Kompaniya mahsulotlarini 40-45 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi hamda Turkiyaning eng yirik midibus eksportchilaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi SamAuto korxonasining 75,2 foiz ulushini sotib olgan.

Muzokaralar davomida tomonlar SamAuto korxonasining amaldagi faoliyati natijalari hamda uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. Avtomobilsozlik sanoatida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni, jumladan korxonani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda SamAuto bazasida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalarini batafsil ko‘rib chiqdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling