Oʻzbekiston va Afgʻoniston farmatsevtika savdo aylanmasini 500 million dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston va Afgʻoniston farmatsevtika savdo aylanmasini 500 million dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Qobul shahriga xizmat safari doirasida Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligi yuqori ekani, shu asosda ikki tomonlama farmatsevtika savdosini 500 mln AQSH dollariga yetkazish ustuvor maqsad sifatida belgilandi.
Mazkur maqsadga erishish uchun qo‘shma operativ ishchi guruh tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek: Afg‘onistonda GDP (Good Distribution Practice) standartlari asosida hamkorlikni rivojlantirish va yirik distribyutorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ilgari surildi.
Tomonlar texnik ishchi guruh tuzish, axborot almashuvini kuchaytirish hamda yaqin istiqbolda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni imzolash muhimligini alohida taʼkidladilar.