Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Turkish Airlines bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Turkish Airlines bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Turkish Airlines bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24-fevral kuni Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sandjar Tadjiyev Turkiyaning milliy aviakompaniyasi – “Turkish Airlines”ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari Husein Guzel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan tizimli islohotlar, zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Shuningdek, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar sonining barqaror o‘sishi hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imidjini targ‘ib etishda “Turkish Airlines”ning hissasi alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida “Turkish Airlines” bilan hamkorlikda Yevropa mintaqasi, jumladan Germaniya, Skandinaviya davlatlari, Gretsiya hamda AQSh turizm bozorlarida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyorat, gastronomik, ekologik va MICE turizmi salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan qo‘shma PR-kampaniyalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan “road show”, “workshop”, “B2B” uchrashuvlar hamda media-turlar tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar barqaror va sifatli turizmni rivojlantirish yo‘lida strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi imijini mustahkamlash hamda xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling