Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) rahbari Akikо Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida amaldagi hamkorlik darajasiga yuqori baho berildi hamda uni yanada mustahkamlashga ishonch bildirildi.
Xususan, “yashil” iqtisodiyot va ekologik tashabbuslarni ilgari surish, Orolbo‘yi mintaqasida loyihalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, kiberxavfsizlik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratish taklif etildi.
Tomonlarning hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro tayyor ekanligi tasdiqlandi.