Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada oʻzbekistonlik fuqaroning oʻlimi haqidagi xabarlarni rad etdi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada oʻzbekistonlik fuqaroning oʻlimi haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ommaviy axborot vositalarida Janubiy Koreyada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining maʼlum qilishicha, mamlakatimizning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi Janubiy Koreyaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda. Bildirilishicha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganganlarida halok bo‘lgan shaxs 60 yoshli Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlandi.