Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Finlyandiya bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlyandiya Respublikasining O‘zbekistondagi (rezidensiyasi Xelsinkida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashdi.
O‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi sohalarda o‘zbek-fin munosabatlarining joriy holati va ularning keyingi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Finlyandiya elchisi o‘z diplomatik missiyasini amalga oshirishda ko‘rsatilgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak uchun o‘zbek tomoniga minnatdorlik bildirdi.